🏥 TIBBIYOT MUASSASALARIDA EPIDEMIOLOGIK XAVFSIZLIKKA E’TIBOR

🏫Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Jalaquduq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanning chekka hududlaridan biri Taraqqiyot oilaviy shifokorlik punktida rejali tekshiruv o‘tkazildi.
🔹 Tekshiruv davomida shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olish, tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash va yo‘q qilish holati o‘rganildi.
💉 Vaksinatsiya tadbirlarini tashkil etishda xavfsiz immunizatsiya tamoyillariga rioya qilinishi tahlil qilindi.
🦠 Hududdagi yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat o‘rganilib, gelmintoz kasalliklarining oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🧼 Shuningdek, “Toza qo‘llar” dasturining yuqumli kasalliklar profilaktikasidagi ahamiyati yuzasidan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
📑 Tekshiruv yakuni bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.