Radiologiya laboratoriyasi faoliyati

 

Radiologiya laboratoriyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.

Laboratoriya faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan himoya qilish hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.

? Radiatsion xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida aholining, shu jumladan, toifalangan obyektlarda faoliyat yurituvchi xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash, ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalda qo‘llaniladi.

? Laboratoriya tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, ochiq suv havzalari, tuproq, qurilish materiallari hamda xalq xo‘jaligi mahsulotlarida radionuklidlar miqdori muntazam ravishda tahlil qilinadi.

Ushbu tadbirlar radiatsion xavfsizlikni ta’minlash va aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.

 

Bakteriologiya laboratoriyasi faoliyati

 

Bakteriologiya laboratoriyasi — bu mikroorganizmlarni, xususan, bakteriyalarni o‘rganish, yuqumli kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga ixtisoslashgan laboratoriya hisoblanadi. Ushbu laboratoriya aholi sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish va antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida paydo bo‘ladigan chidamli bakteriyalar (antibiotikga rezistent shtammlar)ga qarshi kurashishda muhim o‘rin tutadi.

? Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

 

  1. Bakterial infeksiyalarni aniqlash

Qon, siydik, balg‘am, najas, yara yiringi va boshqa namunalar asosida bakteriyalarni ajratib olish.

Bakteriyalarni identifikatsiya qilish (tur va zotini aniqlash).

Patogen (kasallik chaqiruvchi) mikroorganizmlarni aniqlash.

  1. Antibiotik sezuvchanligini aniqlash

Antibiotikogramma o‘tkazish orqali bakteriyalarning turli dori vositalariga sezuvchanlik yoki chidamlilik darajasini baholash.

Bu jarayon bemorlar uchun to‘g‘ri antibiotik tanlash va samarali davolashni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

  1. Sanitariya-bakteriologiya nazorati

Tibbiyot muassasalari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari, suv va havo namunalarining mikrobiologik tozaligini tekshirish.

Dezinfeksiya tadbirlaridan keyin tozalikka erishilganlik darajasini baholash.

Havo-tomchi infeksiyalar

Havo-tomchi yo‘l orqali yuqadigan bakterial kasalliklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Tuberkulyoz

Ko‘kyo‘tal (koklyush)

Difteriya

Meningokokk infeksiyasi

Pnevmoniya (pnevmokokk, streptokokk)

Bo‘g‘ma (skarlatina)

Ushbu infeksiyalarni erta aniqlash va ularning tarqalishining oldini olish laboratoriya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Profilaktik yo‘nalishdagi ishlar

Bakteriologiya laboratoriyasida sog‘lom kontingentlar (ya’ni, kasallik belgilari kuzatilmagan, ammo faoliyat turi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar) bilan ham profilaktik ishlar olib boriladi.

Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Sog‘lom kontingentlarni (oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari, tibbiyot xodimlari va boshqalar) aniqlash va ro‘yxatga olish.

Ish jadvalini tuzish hamda tekshiruvlarni o‘tkazish tartibini belgilash.

Diagnostika uchun zarur namunalarni (burun-halqum surtmalari, najas, qon zardobi va boshqalar) olish.

Bakteriologiya laboratoriyasining mazkur faoliyati aholi orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

Parazitologiya laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma’lumot

Sanepidqo‘mita Andijon viloyat boshqarmasi huzuridagi parazitologiya laboratoriyasi aholining sog‘lig‘ini saqlash va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda laboratoriya tekshiruvlarini amalga oshirib boradi.

Laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlarda tekshiruvlar olib boriladi:

qon orqali yuqadigan bezgak (malarіya) kasalligini aniqlash;

qon so‘ruvchi hasharotlar tomonidan yuqadigan kasalliklarni aniqlash;

inson organizmida uchraydigan ichki parazitlar (gelmintlar)ni aniqlash;

teniarinxoz va boshqa parazitar kasalliklar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish;

oshqozon-ichak kasalliklari (amobiya, lamblioz, balantidioz va boshqalar)ni aniqlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar hamda oziq-ovqat bilan bog‘liq joylardan olingan surtma va namunalarni laboratoriyada tahlil qilish;

baliq mahsulotlarida uchrashi mumkin bo‘lgan parazitlarni aniqlash.

Parazitologiya laboratoriyasi o‘tkazgan tahlillar orqali aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi parazitar kasalliklarni erta aniqlash, ularning tarqalishini oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Virusologiya laboratoriyasi faoliyati

Virusologiya laboratoriyasida bugungi kunda quyidagi turdagi tekshiruvlar olib borilmoqda.

Laboratoriya faoliyatining asosiy yo‘nalishi — tashqi muhitda aylanib yuruvchi gripp, O‘RVI, COVID-19, qizamiq, bo‘shashgan shol (poliomiyelit), enteroviruslar, rotavirus hamda virusli gepatit markerlari (A, B, C, D, E)ni aniqlash, ularni tahlil qilish va epidemiyalarni o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, virusologiya laboratoriyasi sog‘lom aholi orasida bo‘shashgan shol, qizamiq va gepatitning A hamda B turlariga nisbatan immunitet tarangligini o‘rganish maqsadida virusologik va serologik tekshiruvlarni amalga oshiradi.

Ushbu tadbirlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

 

Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma’lumot

 

Sanepidqo‘mita Andijon viloyat boshqarmasi huzuridagi sanitariya-gigiyena laboratoriyalari aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida turli yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy tekshiruv va tahlil ishlarini olib boradi.

Laboratoriyalar faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

ichimlik va ochiq suvlarning, atmosfera havosining, oqova suvlar hamda maishiy chiqindilardan havoga ajraladigan zararli omillarning sanitariya holatini baholash;

ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillar, chang va gaz miqdorini aniqlash orqali mehnat gigiyenasini o‘rganish;

oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning sifatini hamda sanitariya talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

pestitsidlar, toksik va kimyoviy moddalarning qoldiqlarini aniqlash, ularning inson salomatligiga ta’sirini baholash;

fizik va biologik omillar, shuningdek polimer va plastmassa mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish.

Ushbu yo‘nalishlar orqali laboratoriyalar aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi faoliyati

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (O‘XYuK) laboratoriyasi – yuqumliligi bo‘yicha 2-guruhga kiruvchi bakteriologik infeksiyalar bilan ishlovchi, yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan maxsus laboratoriya hisoblanadi.

Ushbu laboratoriyada vabo, kuydirgi, brutsellyoz, rekkettsioz va Qrim–Kongo gemorragik isitmasi kabi xavfli infeksiyalarni aniqlash va ularning tarqalishining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib boriladi.

Bakterial infeksiyalarni aniqlash uchun olinadigan namunalar

Suv, gidrobiontlar va bemor najasi – vabo vibrionlarini aniqlash uchun;

Tuproq, yara suyuqligi – kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini aniqlash uchun;

Sut va qon namunasi – brutsellyoz infeksiyasini aniqlash uchun;

Bakteriyalarni identifikatsiya qilish (tur va zotini aniqlash);

Patogen mikroorganizmlarni aniqlash – kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni topish maqsadida

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

Laboratoriya faoliyati viloyatda yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash bo‘yicha amaliy ishlarga qaratilgan.

Vabo vibrionlari bo‘yicha nazorat:

Tashqi muhitda ularning aylanishini doimiy kuzatish, aholi orasida o‘tkir ichak infeksiyalari va vabo xavfini kamaytirish maqsadida suv, qusuk va najas namunalarini bakteriologik tekshirish ishlari olib boriladi.

Kuydirgi kasalligi bo‘yicha nazorat:

Noxush stasionar punktlardan tuproq namunasi, shuningdek noma’lum etiologiyali yara suyuqligi namunalarini olib, bakteriologik va biosinama usullari bilan tekshiruv o‘tkaziladi.

Brutsellyoz kasalligini aniqlash:

Chorvadorlar va gumon qilingan bemorlardan serologik tahlillar olinadi, ijobiy natija chiqqan hollarda gemokultura ekiladi. Hayvon sutlaridan olingan namunalar ham bakteriologik tahlil qilinadi.

Rekkettsioz kasalligini tashxislash:

Tana harorati ko‘tarilgan bemorlardan RSK (komplement bog‘lovchi reaksiya) usuli yordamida serologik tekshiruv o‘tkaziladi.

Qrim–Kongo gemorragik isitmasi bo‘yicha nazorat:

Farg‘ona vodiysida kana chaqqan bemorlar qon zardoblari IFA (immunoferment tahlil) orqali tekshirilib, kasallik mavjudligi aniqlanadi.

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...