Sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

❇️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Maktabgacha va Maktab ta’lim bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari hamda xodimlari uchun “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
? Seminar davomida ishtirokchilarga sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish talablari, sanitariya-gigiyena qoidalari, bolalar ovqatlanishida sifat va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
?⚕️ Shuningdek, xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, bu orqali oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hamda bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishning muhimligi ta’kidlandi.