Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!

Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi umumta’lim maktablarida o‘tkir yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish, shuningdek “Toza qo‘llar” amaliy dasturi bo‘yicha tushuntirish va suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga quyidagi kasalliklarning oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berildi:
Gepatit — qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish va faqat toza suv iste’mol qilish,
Gripp va ORVI — sovuq mavsumda profilaktika qoidalariga rioya etish,
Toza qo‘llar — ovqatlanishdan oldin va keyin, shuningdek hojatxonadan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuvish odatini shakllantirish,
Quturish kasalligi — hayvon tishlaganda darhol shifokorga murojaat qilish.
Suhbatlar o‘quvchilarda shaxsiy gigiyena madaniyatini oshirish hamda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan e’tiborni yanada orttirishga turtki bo‘ldi.