MTTda sanitariya nazorati o‘tkazildi.

Bolalar salomatligini muhofaza qilish va gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Shahrikhan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Xujaobod MFY hududida joylashgan “Parizod” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi sanitariya nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida muassasaning sanitariya-gigiyena holati, ovqatlanish sharoitlari, ichimlik suvi sifati hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi holati sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Shu bilan birga, muassasada “Toza qo‘llar – sog‘lom hayot garovi” shiori ostida qo‘l gigiyenasiga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlar va tarbiyalanuvchilarga to‘g‘ri qo‘l yuvish qoidalari haqida eslatmalar berildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kamchiliklar bartaraf etildi, muassasa sharoitlari gigiyenik me’yorlarga to‘liq moslashtirildi.