“EMLASH QAMROVINI MUSTAHKAMLASH VA SAQLASH” MAVZUSIDAGI FORUMNING IKKINCHI KUNI

Avval xabar berganimizdek 2025 yil 7–9 oktabr kunlari Toshkent shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Gavi vaksinalar alyansi va Linked kompaniyasi hamkorligida "Emlash qamrovini mustahkamlash va saqlash" Gavi Linked Learning Forum forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum mamlakatlar va xalqaro hamkorlarni bir maydonda to‘plab, emlash qamrovining pasayishini oldini olish, barqaror o‘sishini ta’minlash hamda amaliy yechimlar almashish imkoniyatini yaratadi.

Forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar shahar poliklinikasi va Milliy vaksinalar omborxonasiga tashrif buyurdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Respublika vaksina saqlash omborxonasi Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar omborxonasi hisoblanadi. Mazkur ob’yekt saqlash temperaturasi turlicha bo‘lgan katta miqdordagi vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan va milliy emlash dasturi uchun logistika markaziga aylanib, vaksinalarni yetkazib berish va ularni boshqarish uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

Yaxshi ishlaydigan ta’minot tizimi va sovuqlik zanjiriga ega bo‘lish samarali milliy immunizatsiya dasturi uchun juda muhim hisoblanadi. Respublika vaksinalar omborxonasida hozirda mavjud bo‘lgan barcha turdagi vaksinalarni saqlash mumkin. U deyarli 1000 m2 uchta sovuqlik kamerasi (2-8 ° C), ultrasovuq sovutgichlar (3000 l hajmli) va muzlatgich xonalar (40 m3) bilan jihozlangan bo‘lib, immunizatsiya uchun zarur materiallar saqlanadigan 1000 m2 quruq omborga ham ega. Omborxona yuklarni tez va samarali boshqarish uchun elektr yuk ko‘targichlar, dok naveslari, tekislash platformalari va ko‘tarish mexanizmlari bilan jihozlangan. Ular ikkita elektr tarmog‘iga ulangan va uzluksiz elektr ta’minoti uchun kuchli zahira dizel generatoriga ega.

Ishtirokchilar poliklinikada olib borilayotgan ishlar va vaksina omborxonasini ko‘rib sohada erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etdilar.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmat

 

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...