Aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish, shuningdek “mahallabay” tizimi asosida ishlarni kuchaytirish maqsadida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Bo‘ston mahallasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Gulchinor ko‘chalarida uyma-uy yurilib, aholining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligi, konserva mahsulotlarining holati o‘rganildi. Ko‘rinishi o‘zgargan bankalar joyida utilizatsiya qilindi.

 Aholiga botulizm, qizamiq, gepatit, OIV-infeksiya, gripp va quturish kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish va vaksinalar bilan himoyalanish haqida tushunchalar berildi.

 Eslatmalar tarqatildi, dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

 Maqsad — aholining sanitariya madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashdir.

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...