“Toza qo‘llar” dasturi amalda!

“Toza qo‘llar” dasturi amalda!

MTTda tozalik, gigiyena va “Toza qo‘llar” dasturi amalda!

 

 Sanepidqo‘mitasi Andijonviloyati boshqarmasi Andijon tumani mutaxassislari tomonidan Yangi To‘lqin MFYdagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

 Tadbir davomida oshxonada ovqat tayyorlash, saqlash va tarqatish jarayonlari, shuningdek ichimlik suvi sifati hamda muassasa hududining umumiy sanitariya-gigiyena holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi.

 Xodimlar o‘rtasida “Toza qo‘llar” amaliy dasturi asosida gigiyenik qoida va talablarga rioya etish, bolalarda tozalik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

 Ovqat tayyorlovchi xodimlarga esa ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, kesish va pishirish vaqtida sanitariya me’yorlariga amal qilishning ahamiyati eslatib o‘tildi.

 O‘tkazilgan nazorat va tushuntirish ishlari bolalar sog‘ligini himoya qilish, infeksion kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom ovqatlanish sharoitini yaratishga qaratilgan.

Date

13 октября 2025

Tags

YANGILIKLAR

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...