Botulizmdan ehtiyot bo‘ling

Botulizmdan ehtiyot bo‘ling

Botulizmdan ehtiyot bo‘ling – bir luqma hayotingizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin!

 Botulizm — bu eng xavfli oziq-ovqat orqali yuqadigan zaharlanish bo‘lib, inson tanasiga kirgan zahar asab tizimini falaj qiladi. Juda oz miqdori ham o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

 Kasallik ko‘pincha uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari orqali yuqadi:

go‘sht, baliq va sabzavot konservalari;

havo kirmaydigan idishlarda uzoq vaqt saqlangan mahsulotlar.

 Dastlabki belgilar:

bosh og‘rashi,

ko‘ngil aynishi va qayt qilish,

holsizlik,

ko‘rishning xiralashishi yoki narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi,

nutqning buzilishi,

nafas olishning og‘irlashuvi — bu esa hayot uchun o‘ta xavfli holatdir.

 Agar konserva mahsuloti:

qopqog‘i bo‘rtib chiqqan bo‘lsa,

badbo‘y hid kelsa,

yoki ko‘pik paydo bo‘lsa — bunday mahsulotni darhol tashlang!

 “Yozda tayyorlab qo‘ygan edim, afsus bo‘ladi”, deb o‘ylamang — bir idish konserva butun oilaning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Date

13 октября 2025

Tags

YANGILIKLAR

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...