AKFA BUILDING MATERIALS

AKFA BUILDING MATERIALS

“AKFA BUILDING MATERIALS” MCHJning 300 DAN ORTIQ XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar, kasb kasalliklari, zaharlanishlar hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.

Davriy yoki vaqti-vaqti bilan (ish davomida)  o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik kasbiy kasalliklar yoki intoksikatsiyalarni oldindan aniqlash, umumiy kasallikni bartaraf etish, uning og‘irlashishi ehtimolini va qo‘zishini oldini olish, umumiy kasallanishning kamayishi, individual davolash-profilaktika tavsiyalarini berish, mehnat sharoitlarini gigiyenik baholash va sog‘lomlashtirish maqsadida o‘tkaziladi

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan Alyuminiy kompozit panellar ishlab chiqarish "Akfa Building Materials" MCHJning 300 dan ortiq xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida xodimlar quyidagi shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi:

  • terapevt;
  • travmatolog;
  • okulist;
  • ginekolog;
  • lor;
  • nevropatolog;
  • oftalmolog;
  • jarroh.

Undan tashqari barcha xodimlar umumiy tahlil uchun qon topshirdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish korxonaga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular mavjud bo‘lmasa, hududiy davolash-profilaktika muassasalari yoki shartnoma asosida ish beruvchi tanlangan tibbiy profilaktika muassasi tomonidan amalga oshiriladi. Davriy tibbiy ko‘riklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ham o‘tkaziladi. Institut zamonaviy va sifatli diagnostika hamda davolash uskunalari bilan jihozlangan.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish xodimning huquqi emas, balki majburiyati. Agar xodim ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki tekshiruvlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmasa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli. Agar xodim navbatdagi majburiy ko‘rikdan o‘tmasa, ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishi shart. Ishdan chetlashtirish buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ishdan chetlashtirilgan davrda xodimga ish haqi hisoblanmaydi.

 

 

Date

10 октября 2025

Tags

YANGILIKLAR

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...