Ona suti — chaqaloq salomatligining asosi!
Ona suti — chaqaloq salomatligining asosi!
Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi Boʻston tuman boʻlimi tomonidan Tibbiyot birlashmasi Tugʻruq kompleksi va Shoshilinch qabul boʻlimida ishchi xodimlar, yangi tuqqan onalar hamda ularning qaynonalari ishtirokida “Ona suti afzalligi” mavzusida tushuntirish suhbatlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida ona suti orqali chaqaloqning immuniteti mustahkamlanishi, sunʼiy ozuqalar unga teng boʻla olmasligi, ona suti bolaning nafaqat jismoniy, balki aqliy rivojida ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, onalarga chaqaloqni ilk olti oy davomida faqat ona suti bilan boqish tavsiya etildi. Bu esa bolaning sogʻlom ulgʻayishi, turli yuqumli kasalliklarga nisbatan bardam boʻlishida muhim omil ekani taʼkidlandi.
Boʻlim kirish qismiga “Ona suti afzalligi” mavzusida eslatmalar yopishtirilib, ushbu targʻibot ishlari orqali aholining ona va bola salomatligiga boʻlgan eʼtiborini yanada oshirish maqsad qilingan.
Загрузка...