Gripp mavsumida mutaxassis ogohlantiradi. 

Gripp mavsumida mutaxassis ogohlantiradi. 

Gripp mavsumida mutaxassis ogohlantiradi. 

Gripp va ORVI mavsumida aholining sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan boshqarma boshlig‘ining epidemiologiya va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Begimqulov  aholini hushyorlikka chaqirdi.

 B. Begimqulov:
— Hozirda viloyatda gripp bilan kasallanish holatlari nazorat ostida. Aholi eng avvalo o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmasligi zarur. Grippning oldini olishda eng samarali usul — emlanishdir. Ayniqsa, bolalar, homilador ayollar, keksalar va surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun bu juda muhim.

Profilaktika uchun:
 Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish,
 Xonalarni shamollatish,
 To‘g‘ri ovqatlanish ва dam olish,
 Kasal odam bilan yaqin muloqotdan saqlanish tavsiya etiladi. 

 Mutaxassis tavsiyasi:
Gripp belgilari paydo bo‘lsa, o‘z-o‘zini davolash emas, balki darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Date

03 ноября 2025

Tags

YANGILIKLAR

Время в Андижане

Погода в Андижане

Загрузка...